A-level va IB sertifikatiga ega abituriyentlar imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi

A-level va IB sertifikatiga ega abituriyentlar imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi

Hukumat qaroriga ko‘ra, A-level va International Baccalaureate (IB) kabi xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlarga oliy ta’limga kirishda alohida imtiyozlar beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur sertifikat egalari belgilangan talablarga mos kelganda test sinovlarisiz, qo‘shimcha kvota doirasida shartnoma asosida talabalikka tavsiya etiladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlar Mahkamasining  578-sonli qaroriga muvofiq,  xalqaro tan olingan yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda alohida imtiyozlar beriladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

– “A level” sertifikati (“B” va undan yuqori daraja) — abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul kvotasi doirasida o‘qishga qabul qilinadi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

– “International Baccalaureate” (IB) sertifikati (32 va undan yuqori ball) — abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul kvotasi doirasida o‘qishga qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Bunda abituriyent tomonidan “International Baccalaureate” sertifikatlari Agentlikka elektron tarzda (IB Secure Website orqali) yuborilishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun sertifikatdagi fanlar abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi kirish imtihoni fanlari majmuasiga (bloklariga) mos kelishi shart.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur sertifikat egalari kirish imtihonlarida (test sinovlarida) ishtirok etmasdan, imtihonsiz shartnoma asosida talabalikka tavsiya etiladilar.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, Cambridge Assessment International Education tomonidan taqdim etiladigan A-level sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan nufuzli hujjat hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Imtihon natijalari A, B, C, D va E darajalarida baholanadi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

– A — eng yuqori natija;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

– E — eng past ko‘rsatkich.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur sertifikat dunyoning 95 dan ortiq mamlakatidagi 1750 dan ortiq oliy ta’lim muassasasida tan olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ular orasida Times Higher Education reytingining TOP-20 taligiga kiritilgan nufuzli universitetlar ham mavjud.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, SAT 1200 dan yuqori natija qayd etgan abituriyentlar imtihonsiz talaba bo‘lishi va tizimning ishlash yo‘riqnomasi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠