Jismoniy tarbiya fani pedagog kadrlari uchun ikkinchi bosqich amaliy imtihonlari joriy yilning 12–20-may kunlari oʻtkaziladi.
Sport vazirligining 2026-yil 1-maydagi tegishli buyrugʻiga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining “Jismoniy tarbiya” fani pedagog kadrlari uchun ikkinchi bosqich amaliy imtihonlari joriy yilning 12–20-may kunlari oʻtkazilishi belgilandi.
Muhim eslatma: Amaliy imtihonlarda ishtirok etish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) boʻlishi shart.
Imtihon asosi: “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani pedagog kadrlarini oʻquv fanidan malaka sinovlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qaror.
Imtihon oʻtkazilish joyi va aniq vaqti haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun hududiy boʻlimlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining amaliy imtihonlarini o‘tkazish kunlik jadvali — Faylni yuklash
