Chet el oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilar oʻz diplomlari haqidagi maʼlumotlarni diplom.edu.uz platformasida koʻrishlari uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshirishlari lozim:
– Diplom maʼlumotlarini kiritish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligiga borishingiz yoki ular bilan bogʻlanishingiz kerak;
– agentlik mutaxassislari xorijiy diplomni belgilangan tartibda tekshirib, uni maxsus bazaga kiritib berishadi;
– maʼlumotlar agentlik tomonidan tasdiqlangach, diplom.edu.uz platformasida avtomatik ravishda koʻrina boshlaydi.
Eslatma, agarda diplomingiz xorijiy davlatda berilgan boʻlsa, uni nostrifikatsiya qilish yoki bazaga kiritish boʻyicha vakolatli organdan oʻtish shart.
Muhim! Avvalroq xorijda olingan ilmiy darajalarni tan olish tartibi yangilangani haqida xabar bergan edik. Yangi tartibga koʻra, endi hujjatlar elektron tizim orqali qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ekspertizadan oʻtkaziladi hamda ijobiy xulosa asosida rasmiy guvohnoma beriladi.
