Xorijda olingan ilmiy darajalarni tan olish bo‘yicha yangi tartib belgilandi

Xorijda olingan ilmiy darajalarni tan olish bo‘yicha yangi tartib belgilandi

O‘zbekistonda xorijda olingan ilmiy darajalarni tan olish tartibi yangilandi: endilikda hujjatlar elektron tizim orqali qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ekspertizadan o‘tkaziladi hamda ijobiy xulosa asosida rasmiy guvohnoma beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yangi reglament jarayonning aniq bosqichlari, to‘lov tartibi va natijalarni elektron shaklda saqlash mexanizmini belgilab berdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 161-son qarori bilan “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur reglament xorijda olingan ilmiy darajalarni O‘zbekiston Respublikasida tan olish tartibini, xizmat ko‘rsatish bosqichlari, muddatlari hamda ishtirok etuvchi vakolatli organlarning vakolatlarini aniq belgilab beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, xorijiy davlatlarning attestatsiya organlari yoki ularning qonunchiligiga muvofiq faoliyat yurituvchi oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan ilmiy daraja haqidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunda hujjatlar mazmuni va haqiqiyligi ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ayrim hollarda esa, belgilangan mezonlar asosida ilmiy ekspertizasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olish va nostrifikatsiya qilish ham nazarda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun talabgor belgilangan tartibda murojaat qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Xususan, u davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda elektron shaklda ariza yuborishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu tartib ariza topshirish jarayonining qulayligini ta’minlaydi va murojaatlarni markazlashgan tizim orqali qabul qilish imkonini yaratadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ariza bilan birga talabgor tomonidan bir qator hujjatlar ilova qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Jumladan, ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi hamda dissertatsiyaning nusxasi taqdim etilishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu hujjatlar vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilib, ularning to‘liqligi va ishonchliligi baholanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun belgilangan tartibda yig‘im undiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Xususan, ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hujjatlarning haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng, ular belgilangan tartibda ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur jarayon odatda 20 kun muddat ichida amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ekspertiza davomida taqdim etilgan dissertatsiya va unga oid materiallar ilmiy mezonlarga muvofiqligi nuqtayi nazaridan baholanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ekspertiza yakunlariga ko‘ra, tegishli xulosa beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ijobiy xulosa asosida ilmiy daraja hujjati nostrifikatsiya qilinadi va talabgorga belgilangan namunadagi guvohnoma rasmiylashtirib beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Salbiy xulosa berilgan taqdirda esa hujjatni tan olish rad etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasida shakllantirilgan guvohnomalar elektron shaklda rasmiylashtiriladi hamda elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu esa hujjatlarning saqlanishi, ularning haqiqiyligini tekshirish hamda keyinchalik foydalanish jarayonini yanada qulaylashtiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan mutaxassislarga ipoteka krediti berilishi ma’lum qilingan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠