Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining qaroriga asosan Ayapov Amanjol Tlepovich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kenges matbuot xizmati xabar berdi.
Amanjol Ayapov tayinlovga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Shuningdek, u O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2017−2020-yillarda esa Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vaziri bo‘lib ishlagan.
Avvalroq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markaziga yangi direktor tayinlanganligi haqida xabar bergan edik. U tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelgan.
