IIV Akademiyasi magistratura bosqichiga hujjat topshirish boshlandi

IIV Akademiyasi magistratura bosqichiga hujjat topshirish boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun IIV Akademiyasi magistraturasiga qabul 1-apreldan 1-iyunga qadar davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Nomzodlar magistr.akadmvd.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qabul uchta: tashkiliy-strategik boshqaruv, tashkiliy-taktik boshqaruv, ilmiy-pedagogik faoliyat yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tashkiliy-strategik boshqaruv yo‘nalishida o‘qish uchun nomzodlar bakalavr darajasi yoki diplomli mutaxassis malakasimalakasi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligi diplomiga tenglashtirilgan (muqaddam faoliyat ko‘rsatgan magistratura, Oliy akademik kurslar yoki Rahbar kadrlarni tayyorlash fakultetini tamomlagan) diplom, shuningdek “podpolkovnik” maxsus unvoniga ega bo‘lishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ So‘nggi 1 yil davomida yuqori rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan xodimlarning hujjatlari qabul qilinadi (bo‘lim yoki boshqarma boshliqlari, IIB rahbarlari, jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari va boshqalar).⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tashkiliy-taktik boshqaruv yo‘nalish uchun bakalavr yoki diplomli mutaxassis darajasi hamda kamida “mayor” maxsus unvoni talab etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Nomzodlar so‘nggi 1 yil davomida o‘rta va yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan bo‘lishi kerak (bosh mutaxassislar, tergovchilar, bo‘linma boshliqlari, IIB rahbar o‘rinbosarlari va boshqalar).⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ilmiy-pedagogik faoliyat yo‘nalishida esa oliy yuridik ma’lumot va kamida 2 yillik xizmat staji talab etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hujjatlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Nomzodlardan magistr.akadmvd.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish va akademiya boshlig‘i nomiga yozilgan bildirgining imzolangan nusxasini yuklash so‘raladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qabul jarayoni hujjatlarni ko‘rib chiqish, maxsus kasbiy tanlov (yozma ish va diagnostika) va yakuniy suhbat bosqichlaridan iborat.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠