Matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari eʼlon qilinmoqda

Matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari eʼlon qilinmoqda

Matematika, kimyo va geografiya milliy sertifikat natijalarini eʼlon qilish bugundan boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Bu haqda Bilimni baholash agentligining Sertifikatlash va baholash jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti rahbari Javlonbek Nurmatov maʼlum qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Xabaringiz bor, matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 21-22-fevral (shanba, yakshanba), 28-fevral, 1-2-mart (shanba, yakshanba, dushanba) va 7-mart (shanba) kunlari oʻtkazilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Amaldagi tartibga muvofiq milliy yoki chet tili imtihon natijalari imtihon yakunlangan kundan boshlab 21 ish kuni ichida eʼlon qilinishi belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Bilim va malakalarni baholash agentligi masʼulining qayd etishicha, matematika kimyo va geografiya milliy sertifikat natijalari deyarli tayyor boʻlib, rasmiylashtirish ishlari bugun bir necha soatlar ichida yakunlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

“Natijalarni yuklash bugundan boshlanadi, talabgorlar sonining koʻpligi sababli jarayon ertaga kun davomida ham bosqichma-bosqich davom etadi” — deydi u oʻz sahifasida.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Eslatib oʻtamiz, talabgorlar oʻz natijalarini my.gov.uz saytidagi oʻz shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq Navroʻz va hayit bayramlari sabab milliy sertifikat javoblari kechikishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠