2025-yil 30-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 840-sonli qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati yangilandi.
Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada oʻqish uchun talabgorlar ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Talabgorlarning mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun) oliy taʼlim muassasasi bakalavri va magistratura diplom maʼlumotlari “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi”.
Doktoranturada oʻqishga talabgorlar esa ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Talabgorlarning mehnat daftarchasining nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun) va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi”.
Kiritilgan asosiy oʻzgarishlar shundan iboratki, stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada mehnat daftarchasining nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun) va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlarini taqdim qilish shart emas, ular avtomatik tarzda olinadi, faqat tibbiyot fanlari uchun klinik ordinaturani tugatganlik toʻgʻrisidagi diplom nusxasini taqdim etish soʻraladi.
Doktorantura uchun mehnat daftarchasining nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun) va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari toʻgʻridan toʻgʻri idoralararo avtomatlashgan tizim orqali olinadi, faqat fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganlik toʻgʻrisidagi diplom nusxasi topshirilishi kerak.
Maʼlumot oʻrnida doktoranturaga quyidagilarga ega boʻlganlar qabul qilinadi:
– fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar; — fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan soʻng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlish.
Shuningdek, tayanch doktoranturada oʻqish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida oʻrganilgan xorijiy til) boʻyicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (oʻrtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʻlmagan), CEFR (B2 darajadan past boʻlmagan) boʻyicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud boʻlganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.
