Qaynonasi vafot etgan oʻqituvchi maktabdan moddiy yordam ololadimi?

Qaynonasi vafot etgan oʻqituvchi maktabdan moddiy yordam ololadimi?

Xodimlarga moddiy yordam maktablarda direktor jamgʻarmasidan beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

Moddiy yordam olish uchun xodim shu tashkilotda mehnat shartnomasi asosida ishlashi va moddiy yordam olish uchun asos boʻladigan holatlar sodir boʻlishining oʻzi yetarli.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

Bunda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori 33-bandiga oʻzgartirish kiritilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

Unga koʻra umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (oʻqituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

– xodimning oʻzi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

– yoki ogʻir kasallikka chalinganda;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

– xodim tabiiy ofatdan zarar koʻrganda koʻrsatiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

Qoidaning mazmuniga koʻra, xodim maktabda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan davrda yuqoridagi holatlar sodir boʻlsa, direktor jamgʻarmasida mablagʻ yetarli boʻlgan taqdirda xodim 2 lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam olishga haqli.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

Mana shu qoidaga koʻra, xodim 1 kalendar yilida jami 2 lavozim maoshigacha moddiy yordam olishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

Yuqoridagi nizomda qaynona yaqin qarindosh sifatida belgilanmagan, shu sababli uning vafoti sababli hech qanday yordam puli toʻlanmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, direktor jamgʻarmasida ajratilgan mablagʻlar yetarli boʻlmasa qanday yoʻl tutilishi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠