Yoshlarga nisbatan sodir etiladigan narkojinoyatlar uchun javobgarlik ogʻirlashtiriladi

Yoshlarga nisbatan sodir etiladigan narkojinoyatlar uchun javobgarlik ogʻirlashtiriladi

Kecha mutasaddilar prezidentga narkotiklarning noqonuniy aylanishiga barham berish boʻyicha reja va takliflarini taqdimot qildi. Jumladan:

 

— yoshlar orasida narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali qatʼiy barham berish;

 

— yoshlarga nisbatan sodir etiladigan narkojinoyatlar uchun javobgarlikni ogʻirlashtirish;

 

— narkotiklarni internet orqali tarqatish, uyushgan guruhlar va narkolaboratoriyalar, ularga rahnamolik qilayotgan mansabdor shaxslarni aniqlash va chek qoʻyishga qaratilgan keng qamrovli tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

 

— voyaga yetmagan va yoshlar orasida giyohvandlikning diagnostikasi, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi tizimi tubdan takomillashtirish koʻzda tutilmoqda.