Toshkentda talaba yuqori qavatdan tushib ketayotgan bolani qutqarib qoldi

Toshkentda talaba yuqori qavatdan tushib ketayotgan bolani qutqarib qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yangihayot tumanida 4-qavatdagi balkonidan tushib ketish xavfida qolgan bola aks etgan video tarqaldi.

 

 

Shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, bola 5-qavatda yashovchi talaba yigit tomonidan qutqarilgan.

 

 

Xabarga ko‘ra, talaba hech qanday himoya vositalarisiz pastga tushib, bolaning hayotini saqlab qolgan. Uning aytishicha, 4-qavat balkoniga tushganida u yerda bir nafar emas, uch nafar bola bo‘lgan.

 

 

Shuningdek, IIBB ma’lum qilishicha, mahalla profilaktika inspektori bolalarning onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazgan.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish