Prezident bayram munosabati bilan bir qancha soha vakillarini mukofotladi. Ta’lim sohasidan kimlar mukofot oldi?

Prezident bayram munosabati bilan bir qancha soha vakillarini mukofotladi. Ta’lim sohasidan kimlar mukofot oldi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan bir guruh yurtdoshlarni mukofotladi.

 

Mukofotlanganlar qatorida ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari ham bor. Ular mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ilmiy-amaliy faoliyati, yosh avlodni tarbiyalash va ta’lim tizimini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun turli davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

 

Prezidentning tegishli farmonida qayd etilishicha, mukofotlar Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiy taraqqiyot va xalq farovonligini ta’minlash, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish hamda yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi xizmatlar uchun berilgan.

 

  • Arabov Ilyos Ismatovich — Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi — “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni.
  • Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich — O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori — “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni.
  • Islamov Zaxid Maxmudovich — O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi professori — “Imom Buxoriy” ordeni.
  • Ashurov Ravshan Radjabovich — Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti laboratoriya mudiri — “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni.
  • Gulyamova Tashxan Gafurovna — Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti laboratoriya mudiri — “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni.
  • To‘rayev Halim — Buxoro davlat universitetining Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi professori — “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni.
  • Gafurova Lazizaxon Akramovna — O‘zbekiston Milliy universitetining tuproqshunoslik kafedrasi professori — “Do‘stlik” ordeni.
  • Koroli Mexriya Anvarovna — Toshkent davlat texnika universitetining termodinamika va issiqlik texnikasi kafedrasi professori — “Do‘stlik” ordeni.
  • Xasanov Aknazar Bekdurdiyevich — Samarqand davlat universitetining differensial tenglamalar kafedrasi mudiri — “Do‘stlik” ordeni.
  • Mustafayeva Nodira Abdullayevna — Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi rahbari — I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni.
  • Raxmankulova Zuxra Jandarovna — Toshkent davlat tibbiyot universitetining neonatologiya kafedrasi professori — I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni.
  • Raxmatullayev Izatulla — Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining tibbiy va biologik-kimyo kafedrasi dotsenti — II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni.
  • Suyunov Akram Olimovich — Urgut tumanidagi 118-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi — II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni.
  • Ergashev Sirojiddin Fayazovich — Farg‘ona davlat texnika universitetining elektronika va asbobsozlik kafedrasi professori — II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni.
  • Jalolov Ulug‘bek Muzafarovich — Kitob tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi — “Sog‘lom turmush” medali.
  • Ametova Guljaxan Fayzullayevna — Nukus shahridagi 14-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi — “Shuhrat” medali.
  • Bosimov Nuriddin Saidkosimovich — Zarbdor tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi — “Shuhrat” medali.
  • Gaybullayeva Yulduz Ismoilovna — Uchquduq tumanidagi 10-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi — “Shuhrat” medali.
  • G‘aniyeva Farangiz Bayotovna — Buxoro tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi — “Shuhrat” medali.
  • Yeshmuratov Kakimbek Daryabayevich — Qorao‘zak tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi — “Shuhrat” medali.
  • Karshiyev Faxridin Umarovich — Termiz davlat universitetining texnologik ta’lim kafedrasi professori — “Shuhrat” medali.
  • Kiskin Andrey Nikolayevich — Guliston shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi — “Shuhrat” medali.
  • Musayeva Shoxistaxon Sadridinovna — Uchqo‘rg‘on tumani 4-texnikumi direktori — “Shuhrat” medali.
  • Nurmamatov Furqat Abdug‘aniyevich — Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti — “Shuhrat” medali.
  • Rahmatov Jalol Azamatovich — Shahrisabz tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi — “Shuhrat” medali.
  • Sobirjonova Sevaraxon Abdukarimovna — Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi — “Shuhrat” medali.
  • Turakulov Kaxraman Izatullayevich — “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi — “Shuhrat” medali.
  • Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining jahon adabiyoti kafedrasi mudiri — “Shuhrat” medali.
  • Yuldashev Elyor Turgunpulatovich — “Namangan International University and School” nodavlat ta’lim muassasasi direktori — “Shuhrat” medali.
  • Abdurazoqov Doniyor Muxtor o‘g‘li — Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi — “Kelajak bunyodkori” medali.
  • Ismatov Diyorbek Nozim o‘g‘li — Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi — “Kelajak bunyodkori” medali.
  • Rustamov Dilmurod Zarifboy o‘g‘li — Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi — “Kelajak bunyodkori” medali.

 

To‘liq mukofotlanganlar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish