Vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati eʼlon qilindi

Vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati eʼlon qilindi

22-avgust kuni oliy ta’lim muassasalaridagi vakant (bo’sh) o’rinlar uchun arizalar qabuli boshlangan edi. Bunda kirish imtihonlarida ishtirok etgan va 56,7 va undan yuqori ball olgan lekin o’qishga kira olmagan, shuningek, tanlov bosqichida yo’nalish tanlamagan abituriyentlar vakant o’rinlar uchun hujjat topshirishi mumkin.

 

2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi.

Roʻyxatda kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo’yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan.

OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin.

Faylni yuklash

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish