Milliy sertifikatdan davlat grantigacha: 189 ball sohibi natijaga erishishgacha boʻlgan tajribasi bilan boʻlishdi

Milliy sertifikatdan davlat grantigacha: 189 ball sohibi natijaga erishishgacha boʻlgan tajribasi bilan boʻlishdi

Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 7-maktabning bitiruvchi sinf oʻquvchisi 5 ta umumtaʼlim fanidan milliy sertifikatni qoʻlga kiritdi.

 

Chirchiq shahridagi umumtaʼlim maktablaridan birining 11-sinf oʻquvchisi Erkinova Mashhura kimyo, biologiya, ona tili, matematika va tarix fanlaridan milliy sertifikat olib, 100 foizlik davlat granti bilan oʻqishga qabul qilindi.

 

Mashhuraning soʻzlariga koʻra, tibbiyotga qiziqish unda 2-sinfligidayoq boshlangan va shundan maqsadlaridan toʻgʻri yoʻnaltira boshlagan. Sertifikatlarni esa 10-sinfligidan boshlab olgan.

 

Oʻquvchi qiz tayyorgarlikni kimyo fanini boshlagan va 11-sinf boshida sertifikatni qoʻlga kiritgan. Biologiya faniga 1-yildan koʻproq, matematika uchun 3 oy, ona tili va tarix uchun deyarli 1 oy vaqt sarflagan.

 

Mashhura barcha fanlardan birinchi urinishdayoq kerakli natijalarga erishgan. U kimyo A, biologiya A+, ona tili B+, matematika C+ va tarixdan C+ darajadagi sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

 

“Bir narsaga erishish uchun nimadandir voz kechish kerak deyishadi. Ushbu natija uchun telefon, ijtimoiy tarmoqlar, doʻstu qarindoshlar bilan uchrashuvlar va uyqudan voz kechishimga toʻgʻri keldi. Deyarli telefon ishlatmas edim, kuniga 15-25 daqiqa telegramga kirardim xolos. Telefon abituriyentga har tarafdan zararga ishlaydi. Iloji boricha vazifalarni toʻliq tugatishga, dars qoldirmaslikka harakat qilardim. Imtihongacha boʻlgan oxirgi 1 oylik vaqt juda qiyin kechgan chunki topshiriqlar qiyinlashadi, koʻpayadi, talab va masʼuliyat kuchayadi”, — deydi Mashhura.

 

Mashhuraning taʼkidlashicha, tengqurlari kabi unda ham dars qilishdan charchagan, doʻstlari bilan oʻyin-kulgi qilishni xohlagan paytlar ham boʻlgan, lekin oldiga qoʻygan maqsadi va ota-onasi unga chalgʻimaslikka katta yordam bergan.

 

“Eng katta va kuchli motivatorim — dadam. Har kuni kechqurun ovqatlanib boʻlgach bizdan «Bugun nima qilding?”, “Nima dars boʻldi?”, “Nimani oʻrganding?”, “ Testdan nechta ishlading?”, “Xatolaringni tahlil qildingmi?”, “Qachon kitobni tugatasizlar?” deb soʻraydilar. Oʻylashimcha, bu farzandiga ishonmaslik emas, balki unga ishonishini bildirish, fikriga, taʼlim olishiga eʼtibor qaratish. Dars qilgim kelmaganida ular menga ishonch bildirib harakatdan toʻxtamasligim kerakligini aytadilar», — deydi 189 ball sohibi.

 

Mashhuradan tahririyatimizga kelgan xabarga koʻra, u Toshkent davlat tibbiyot universiteti davolash ishi yoʻnalishiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan. Mashhuraning keyingi oʻqish va ishlariga rivoj, muvaffaqiyat tilaymiz.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish