Bu yil abituriyentlar eng koʻp qaysi universitet va yoʻnalishlarni tanladi?

Bu yil abituriyentlar eng koʻp qaysi universitet va yoʻnalishlarni tanladi?

18-avgust kuni vazirlikda 2026-2027-oʻquv yili uchun OTMlarga qabulning yakuniy natijalariga bagʻishlangan matbuot anjumanida Sardor Rajabov sertifikat va imtiyozlar asosida qabul tizimi yuzasidan ham maʼlumot berib oʻtdi.

 

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, abituriyentlar tanlovida uchta oliy taʼlim tashkiloti yetakchilik qilgan:

 

– Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU);
– Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU);
– Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (OʻzMU).

 

Abituriyentlar eng koʻp qiziqish bildirgan yoʻnalishlar orasida:

 

– Davolash ishi;
– Iqtisodiyot;
– Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili bor.

 

Shuningdek, anjumanda joriy yilgi oʻrtacha oʻtish ballari haqida ham maʼlumot berib oʻtildi. Tahlillrga koʻra, davlat granti asosida oʻrtacha oʻtish bali 134,6 ball, toʻlov-kontrakt boʻyicha esa 93,7 ballni tashkil etgan.

 

2026-yilgi oliy taʼlimga qabulda 233 935 nafar abituriyent 56,7 balldan past natija qayd etgan. Bu jami imtihon topshirganlarning 37,54 foizini tashkil etadi.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish