Jurnalist Karim Bahriyev oʻqigan maktabda uning nomiga stipendiya tashkil etildi

Jurnalist Karim Bahriyev oʻqigan maktabda uning nomiga stipendiya tashkil etildi

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi taniqli jurnalist Karim Bahriyev taʼlim olgan 8-oʻrta umumtaʼlim maktabi kutubxonasida 22-avgust kuni ijodkor nomidagi 200 dan ortiq badiiy asarlardan iborat kitoblar burchagi, maktabdagi ustozlar, qishloqdoshlari ishtirokida xotira kechasi bo’lib o’tdi.

 

Ushbu maktabda shoir nomidagi ijodiy stipendiya tashkil etildi va yangi oʻquv yilidan boshlab o’quvchilarga beriladi.

 

Karim Bahriyev 1962-yil 15-iyulda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tugʻilgan, Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi va Moskva davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tugatgan.

 

U “Xoʻjalik va huquq”, “Migratsiya va xavfsizlik” jurnallariga bosh muharrirlik qilgan, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Maʼrifat” gazetalarida, “Jahon adabiyoti”, “Dugonalar” nashrlarida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari, Karim Bahriyev 90 yillarning boshlarida “Hurriyat”ning bosh muharriri sifatida ham tanilgan.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish