Oʻzbekistondagi xususiy oliy taʼlim muassasalari 2024-yilda trillionlab soʻmlik daromad koʻrsatkichlariga erishgan. Pinkod o‘tkazgan tadqiqotga koʻra, mamlakatda faoliyat yuritayotgan bir qator nodavlat universitetlar soliqlar va sof foyda boʻyicha ham yuqori moliyaviy natijalar qayd etgan.
Toshkent kimyo xalqaro universiteti 2024-yilda 1,5 trln soʻm daromad topgan. Universitetning sof daromadi 1,4 trln soʻmni tashkil etgan boʻlib, u 36,6 mlrd soʻm soliq toʻlagan. Bu koʻrsatkich hozircha xususiy taʼlim muassasalari orasida eng yuqorisi hisoblanadi.
Daromad hajmi boʻyicha ikkinchi oʻrinni Alfraganus universiteti egallagan — muassasa 443 mlrd soʻm daromad va 300 mlrd soʻm sof foyda qayd etgan, soliq toʻlovlari esa 31,8 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Toshkent amaliy fanlar universiteti 262,8 mlrd soʻm daromad va 115,8 mlrd soʻm sof foyda bilan uchinchi oʻrinda. U 36,2 mlrd soʻm soliq toʻlagan.
Shu bilan birga, Osiyo xalqaro universiteti 211,1 mlrd soʻmlik daromad va 152,6 mlrd soʻmlik sof foyda koʻrsatgan. Universitetning soliq toʻlovlari haqida maʼlumot oshkor etilmagan.
Qolgan muassasalar ichida TMC Institute (135,5 mlrd soʻm daromad, 56 mlrd soʻm sof foyda, 6,3 mlrd soʻm soliq), Zarmed University (114,3 mlrd soʻm daromad, 85,4 mlrd soʻm foyda, 4,6 mlrd soʻm soliq), va Oriental universiteti (109,4 mlrd soʻm daromad, 32,5 mlrd soʻm foyda, 16,4 mlrd soʻm soliq) ham yuqori moliyaviy natijalar bilan ajralib turadi.
Biroq barcha muassasalar birdek foyda koʻrmagan. Central Asian University (sobiq AKFA universiteti) 103,4 mlrd soʻm daromad topganiga qaramasdan, yilni 29 mlrd soʻm zarar bilan yakunlagan. U shunga qaramay, 15,5 mlrd soʻm soliq toʻlagan.
Xalqaro Nordik universiteti va Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti ham ancha skrom koʻrsatkichlar bilan — mos ravishda 62,8 mlrd va 55,1 mlrd soʻmlik daromad bilan yilni yakunlagan. Ular tegishlicha 19,5 mlrd va 13,1 mlrd soʻm sof foyda, hamda 6,8 mlrd va 4,2 mlrd soʻm soliq toʻlagan.
Eng ko‘p daromad topgan nodavlat oliy ta’lim muassasalari TOP – 10 ligi
1. Toshkent kimyo xalqaro universiteti 2024-yilda 1,5 trln soʻm (1 523 947 978 000 soʻm ) daromad topgan. Sof daromadi esa 1,4 trln soʻmni (1 419 679 149 000 soʻm) tashkil etgan.
Universitet 2024-yilda 36,6 mlrd soʻm (36 663 121 000 soʻm) soliq toʻlagan.
2. Alfraganus universiteti 2024-yilda 443 mlrd soʻm (443 017 980 150 soʻm) daromad topgan. Sof daromadi esa 300 mlrd soʻmni (300 098 368 300 soʻm) tashkil etgan.
Universitet 2024-yilda 31,8 mlrd soʻm (31 891 285 070 soʻm) soliq toʻlagan.
3. Toshkent amaliy fanlar universiteti 2024-yilda 262,8 mlrd soʻm (262 887 580 000 soʻm) daromad topgan. Sof foydasi esa 115,8 mlrd soʻmni (115 831 133 000 soʻm) tashkil etgan.
Universitet 2024-yilda 36,2 mlrd soʻm (36 286 567 000 soʻm) soliq toʻlagan.
4. Osiyo xalqaro univesiteti 2024-yilda 211,1 mlrd soʻm (211 197 078 710 soʻm) daromad topgan. Sof daromadi esa 152,6 mlrd soʻmni (152 660 000 550 soʻm) tashkil etgan.
Universitet 2024-yilda qancha soliq toʻlaganini aniqlashning imkoni boʻlmadi.
5. TMC Institute 2024-yilda 135,5 mlrd soʻm (135 559 415 000 soʻm) daromad topgan. Sof daromadi esa 56 mlrd soʻmni (56 054 147 000 soʻm) tashkil etgan.
Institut 2024-yilda qariyb 6,3 mlrd soʻm (6 287 697 000 soʻm) soliq toʻlagan.
6. Zarmed univesiteti 2024-yilda 114,3 mlrd soʻm (114 380 035 900 soʻm) daromad topgan. Sof daromadi esa 85,4 mlrd soʻmni (85 488 080 400 soʻm) tashkil etgan.
Universitet 2024-yilda 4,6 mlrd soʻm (4 681 389 900 soʻm) soliq toʻlagan.
7. Oriental univesiteti 2024-yilda 109,4 mlrd soʻm (109 492 368 000 soʻm) daromad topgan. Sof daromadi esa 32,5 mlrd soʻmni (32 579 207 000 soʻm) tashkil etgan.
Universitet 2024-yilda 16,4 mlrd soʻm (16 479 365 525 soʻm) soliq toʻlagan.
8. Central Asian University (sobiq Akfa universiteti) 2024-yilda 103,4 mlrd soʻm (103 479 606 720 soʻm) daromad topgan. CAU oʻtgan yilni -29 mlrd soʻm (29 152 838 130 soʻm) zarar bilan yakunlagan.
Universitet 2024-yilda 15,5 mlrd soʻm (15 548 537 670 soʻm) soliq toʻlagan.
9. Xalqaro Nordik universiteti 2024-yilda 62,8 mlrd soʻm (62 898 409 440 soʻm) daromad topgan. Sof daromadi esa 19,5 mlrd soʻmni (19 565 964 840 soʻm) tashkil etgan.
Universitet 2024-yilda 6,8 mlrd soʻm (6 857 123 440 soʻm) soliq toʻlagan.
10. Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti 2024-yilda 55,1 mlrd soʻm (55 106 936 140 soʻm) daromad topgan. Sof daromadi esa 13,1 mlrd soʻmni (13 133 949 280 soʻm) tashkil etgan.
Institut 2024-yilda 4,2 mlrd soʻm (4 209 040 560 soʻm) soliq toʻlagan.
* Ushbu ma’lumotlar Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan bir qator nodavlat oliy taʼlim muassasalarining 2024-yildagi daromadi, sof foydasi va toʻlagan soliqlari asosida shakllantirilgan.
