2025-2026-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan hamda ikkinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
Mazkur abituriyentlar 2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha bo‘lgan muddatda bazaviy to‘lov-kontrakt asosida vakant (bo‘sh) o‘rinlarga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Abituriyentlarga fanlar majmuasi mos bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant o‘rinlardan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi beriladi.
Vakant o’rinlar mavjud bo’lgan yo’nalishlar ro’yxati:
Vakant o’rinlar kunduzgi –Faylni yuklash
Vakant o’rinlar kechki – Faylni yuklash
Vakant o’rinlar masofaviy – Faylni yuklash
Quyidagi video orqali ro’yxatdan o’tish tartibini bilib olish mumkin:
