11 yoshli vetnamlik dasturchi yaratgan kodni yirik ‘‘Playgama’’ o’yin kompaniyasi sotib oldi

11 yoshli vetnamlik dasturchi yaratgan kodni yirik ‘‘Playgama’’ o’yin kompaniyasi sotib oldi

Vetnamlik 11 yoshli dasturchi Damir Buldakov Playgama o‘yin platformasi uchun qo‘shimcha dastur yaratib, millionlab odamlar undan foydalanishiga yordam berdi.

 

 

Damir ishlab chiqqan Scratch kengaytmasi yosh dasturchilarga o‘z loyihalarini Playgama’ning global tarmog‘iga ulashga imkon beradi. Bu kengaytma hozirda rasmiy Playgama Bridge SDK tarkibiga kiritilgan va MIT litsenziyasi ostida tarqatilmoqda.

 

Playgama — bu yirik o‘yin platformasi va dasturchilar uchun ochiq SDK (Software Development Kit) taqdim etuvchi kompaniya.

 

Yosh dasturchi Damir Buldakov The New Stack nashriga bergan intervyusida yosh muhim emasligi, aslida muhim bo‘lgani bu bilim ekanligini ta’kidlagan.

“Umid qilamanki, boshqa bolalar ham o‘zlari ham qiziqarli narsalar yarata olishlariga ishonishadi” — deydi u.

Haqiqiy muammolarni hal qilish

 

Playgama’ning SDK to‘plami turli ramka va vositalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq MIT’ning mashhur dasturlash tili — Scratch uchun qo‘llab-quvvatlash hali kiritilmagan edi.

 

“Plagin dastlab Damir tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u asosiy funksiyalarini yaratdi,” — dedi Playgama matbuot kotibi. “Hozir esa bu plagin bizning jamoamiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, MIT litsenziyasi ostida e’lon qilingan Playgama Bridge SDK’ning bir qismi sifatida tarqatilmoqda.”

 

New Games 🎮✨ Play Free Online Fun! [𝟏 𝟎𝟔𝟕 games]

 

Ma’lum qilinishicha, uning kodi — jami 931 qatordan iborat.

 

MIT hisob-kitoblariga ko‘ra, Scratch’dan har yili 20 milliondan ortiq dasturchi foydalanadi. Playgama asoschisi Dmitriy Kachmar Damirning ishini chin dildan qadrlab shunday deydi:

“Uning ishi tufayli Scratch’da kod yozayotgan talabalar va yangi boshlovchilar ham o‘z loyihalarini Playgama’ga ulab, global tarmog‘imizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Men SDK kengaytmasini JavaScript yordamida yaratdim,” — deydi Damir Buldakov.

 

U Playgama Wiki’dagi hujjatlardan foydalangan bo‘lib, shuningdek, SoloLearn, YouTube darslari, Stack Overflow va boshqa forumlardan o‘rgangan. Asosiy bilimlarni mustahkamlash uchun bir necha oy ketgan, keyin esa muntazam mashq orqali o‘zini rivojlantirganini bildirgan.

 

 

Bundan tashqari, u internetdagi forumlar, dasturchilar guruhlari va chatlarda maslahat olib, hatto JavaScript va boshqa tillarda dasturlashni o‘rgangan tengdoshlari bilan tanishgan.

“Kattalar tushunishlari kerakki, biz shunchaki ‘kompyuterda o‘ynab o‘tirganimiz’ yo‘q. Biz aslida o‘rganayapmiz va haqiqiy muammolarni hal qilyapmiz,” — deydi Damir.

 

What is JavaScript? The full-stack programming language | InfoWorld

 

Damirning aytishicha, eng murakkab bosqich SDK’ni boshlang‘ich sozlash bo‘lgan.

“Avval qiyin bo‘ldi. Lekin SoloLearn orqali mashq qilib, uni to‘g‘ri sozlashni o‘rgandim. Shundan keyin reklama qo‘shish yoki progressni saqlash kabi funksiyalarni yaratish ancha osonlashdi.”

 

Natijada Damirning hissasi Playgama jamoasi uchun aynan kerak bo‘lgan yangilik bo‘lgan.

 

O‘yin ishlab chiqishga muhim hissa

 

Kachmar The New Stack’ga bergan intervyusida Damirning ishidan mamnunligini bildirgan:

“Bu menga o‘zimning dasturchilik faoliyatimni boshlagan yoshimni eslatdi.

 

Men 11 yoshli bola buni qila olganiga ajablanmadim, chunki o‘zim ham shunday yo‘lni bosib o‘tganman. Aksincha, uning ishini Playgama’ga olib kirish va dasturchilikdagi ilk qadamlarida Damirni qo‘llab-quvvatlash istagini his qildim.”

 

Uning fikricha, Damir yaratgan narsa — bu oddiy yon loyiha emas, balki haqiqiy mahsulotga aylangan muhim integratsiya.

 

 

Playgama Damirning hissasini qadrlash uchun unga mentorlik dasturi va moliyaviy mukofot taqdim etdi.

“Bunday e’tirof yanada katta motivatsiya beradi,” — dedi Kachmar. “Bizning jamoamiz Damirga doim yordam berishga tayyor.”

 

Damirning onasi ham bu qo‘llab-quvvatlash o‘g‘lining o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, uni yanada rag‘batlantirganini aytdi:

“Endi u qilayotgan ishlari nafaqat qiziqarli, balki foydali va mazmunli ekanini his qilmoqda.”

 

Ota-ona va jamoa qo‘llab-quvvatlashining ahamiyati

Damirning ota-onasi undan xursandligi va faxrlanishini bildirgan. Ota-onasining aytishicha, Damirni boshlang‘ich sinfligida robototexnika kursiga yozdirgan, keyinchalik Scratch kursiga va yozgi dasturlash kursiga yuborgan.

 

“Onasi sifatida men har doim o‘g‘limning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashga harakat qildim.

Men dasturlashni tushunmasam ham, uning ko‘zlari yonib ishlayotganini ko‘rishdan xursandman va u muvaffaqiyat qozonganida undan ham ko‘proq quvonaman,” — deydi u.

 

3-sinfda esa Damir dasturlash bo‘yicha katta kitob olib berishni so‘ragan, o‘tgan yili esa onasi unga SoloLearn ilovasiga obuna olib bergan.

 

“Bizni qo‘llab-quvvatlash, kurslar yoki obunalar olib berish, murakkab mavzularni tushuntirish juda yordam beradi. Bu insonda haqiqatan ham biror narsani yaratish mumkinligiga ishonch uyg‘otadi,” — deydi Damir.

 

Scratch 3.29.1 dasturi | Yuklab olish - pdfbox.uz

 

Yosh dasturchining orzulari

Damirning keyingi rejasi qanday?

“Hozir men besh kishilik kichik jamoa bilan Dash (DashBlocks) nomli Scratch/TurboWarp modifikatsiyasi ustida ishlayapman. U yangi ranglar, bloklar va kengaytmalarni qo‘shadi,” — deydi u.

 

Damir bu hamkorlikni “juda maroqli” deb ataydi. Yaqinda u Playgama dasturchilari bilan ham hamkorlik qilishi mumkin.

 

Professional dasturchi bo‘lishni xohlaysizmi?

“Ha. Orzuim — hammaga foydali bo‘ladigan, barcha xizmatlarni birlashtirgan ko‘p funksiyali ilova yaratish. Shuningdek, rivojlangan dasturlash tillari va o‘yin dvigatellarini o‘rganishni, universitetda ta’lim olishni va balki kelajakda o‘z kompaniyamni ochishni xohlayman,” — deydi u.