Maktabda yana otishma sodir bo‘ldi: bu safar Filippinda

Maktabda yana otishma sodir bo‘ldi: bu safar Filippinda

Filippinning Zamboanga shahrida ikki oy ichida maktabdagi ikkinchi o‘lim bilan yakunlangan otishma sodir bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda jonli efirda namoyish etilgan bo‘lishi mumkin.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bugun, 18-avgust kuni Filippin janubidagi o‘rta maktabda bir o‘quvchi otib o‘ldirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan so‘ng taxminiy hujumchi o‘z joniga qasd qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Zamboanga shahri hokimi ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu mamlakatda so‘nggi ikki oy ichida o‘lim bilan yakunlangan ikkinchi maktabdagi otishma bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Otishma Mindanao orolining g‘arbiy qismidagi Zamboanga shahrida joylashgan “Ateneo de Zamboanga University” oliygohi huzuridagi xususiy maktabda sodir bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Zamboanga shahri meri (hokim) Khaymer Adan Olaso “DZMM” radiostansiyasiga bergan intervyusida hujumchi maktab hududiga kuchli o‘qotar qurol va .45 kalibrli to‘pponcha bilan kirganini aytgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy OAV tarqatgan videoda hujumchi dastlab stol yonida o‘tirgan o‘qituvchiga qarata o‘q uzgan, lekin o‘q o‘qituvchiga tegmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan so‘ng hujumchi o‘quvchi boshqa xonaga o‘tib, u yerdagi o‘quvchini otgan, oqibatda u vafot etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yana ikki kishi ham jarohatlangan bo‘lishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hujumchi o‘z joniga qasd qilishidan oldin yaralangan bo‘lishi ehtimoli aytilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

BBC ma’lumotiga ko‘ra, ushbu otishmada ikki nafar o‘smir gumonlanuvchi bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ulardan biri zo‘ravonlik sahnalari ochiq namoyish etiladigan onlayn o‘yinni muntazam o‘ynagani aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ichki ishlar vaziri Viktor Remulla 9-sinfda o‘qiydigan gumonlanuvchi hodisani ijtimoiy tarmoqlarda jonli efirda namoyish etganini tasdiqlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Taxminiy hujumchining Facebook’dagi akkaunti keyinchalik bloklangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, ta’lim muassasasi ikki kishi halok bo‘lganini tasdiqlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Universitet prezidenti Ernald Andal otishma xavfi bartaraf etilganini, boshqa halok bo‘lganlar yoki qo‘shimcha jarohatlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmaganini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

OTM rahbarining ta’kidlashicha, universitet huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilmoqda va qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlanishi bilan jamoatchilikka yetkazadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Biz bunday voqealarning sodir bo‘lishini istamaymiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Barcha o‘quvchilarimiz xavfsizligi ustuvor vazifa bo‘lishi kerak, — degan u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Filippin Prezidenti Ferdinand Markos kichik e’lon qilgan bayonotida halok bo‘lganlarning oilalari va butun ta’lim muassasasi jamoasi bilan birga qayg‘uda ekanini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hodisani har tomonlama tekshirish va bunday fojialarning takrorlanishining oldini olish uchun qanday qo‘shimcha choralar ko‘rish kerakligini aniqlash bo‘yicha topshiriq bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bugun sodir bo‘lgan otishma iyun oyida Takloban shahridagi davlat o‘rta maktabida yuz bergan hujumdan keyin ro‘y bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘shanda ikki o‘quvchi maktab hududida o‘q uzgan, natijada uch nafar o‘quvchi halok bo‘lgan va qariyb 20 kishi jarohatlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shundan so‘ng Filippin hukumati “Gorebox” onlayn o‘yinini taqiqlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunga taxminiy hujumchilardan kamida biri ushbu o‘yinni muntazam o‘ynagani aniqlangani sabab bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, Senat bolalarning raqamli makondagi xavfsizligi masalasi bo‘yicha tekshiruvni qayta boshlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, Ta’lim vazirligi iyul oyida bo‘lgan yig‘ilishida “taqlid qilish holatlarining oldini olish” uchun qo‘shimcha choralar zarurligini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, otishmadan keyin portlash tahdidlari, pichoq bilan hujum qilish, shuningdek, o‘qotar qurol va o‘q-dorilar aniqlanishi bilan bog‘liq boshqa hodisalar ham sodir bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, joriy yil 7-avgust kuni Tailandda 14 yoshli o‘smir buvisi va bobosini otib o‘ldirgani, keyin esa maktabda otishma uyushtirib, o‘z joniga qasd qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hodisa oqibatida hujumchining o‘zi, 5 nafar o‘qituvchisi va 12 yoshli qizni ham hisobga olganda, to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yana 30 dan ortiq kishi jarohatlangandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠