Fargʻonalik 10-sinf oʻquvchi qiz 5 ta fandan milliy sertifikat olib, muddatidan oldin 189 ballni yigʻdi

Fargʻonalik 10-sinf oʻquvchi qiz 5 ta fandan milliy sertifikat olib, muddatidan oldin 189 ballni yigʻdi

Fargʻona viloyati Toshloq tumanidagi 10-sinf oʻquvchisi tegishli barcha fanlardan sertifikat olib, muddatidan bir yil oldin talabalikni naqd qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Fargʻonalik 10-sinf oʻquvchisi Bahodirova Zarnigor kimyo (A), biologiya (A), ona tili (C+), tarix (B) va matematika (B) fanlaridan milliy sertifikat olib, muddatidan oldin maksimal 189 ballni naqd qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Zarnigorning soʻzlariga koʻra, u 8-sinfligidan boshlab tumanidagi xususiy maktablardan birida oʻqishni boshlagan va uyga faqat shanba va yakshanba kunlari kelib turgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu maktabdagi talab va oʻzining ishtiyoqi sabab oʻqishga va natija qilishga kuchli harakat qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

“Ikki yil juda ham qattiq mehnat qilib, hattoki tashqi dunyodan uzilib, faqat oʻqidim desam ham boʻladi”, — deydi oʻquvchi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Zarnigor biologiya fanidan 3-urinishda A natijaga erishgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bundan oldin u B va C+ natijalarNI qo’lga kiritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan soʻng oʻqishga, sertifikat olishga boʻlgan ishtiyoqi ancha tushib ketgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Lekin oʻqituvchilari va ota-onasining ishonchi uni yanada kuchliroq oʻqishga undagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari u kimyo fanidan ham ikkinchi imtihonda A natijaga, qolgan fanlardan esa birinchi urinishidayoq kerakli natijaga erishganini taʼkidlab oʻtdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Fargʻonalik 10-sinf oʻquvchi qiz 5 ta fandan milliy sertifikat olib, muddatidan oldin 189 ballni yigʻdi Fargʻonalik 10-sinf oʻquvchi qiz 5 ta fandan milliy sertifikat olib, muddatidan oldin 189 ballni yigʻdi Fargʻonalik 10-sinf oʻquvchi qiz 5 ta fandan milliy sertifikat olib, muddatidan oldin 189 ballni yigʻdi Fargʻonalik 10-sinf oʻquvchi qiz 5 ta fandan milliy sertifikat olib, muddatidan oldin 189 ballni yigʻdi Fargʻonalik 10-sinf oʻquvchi qiz 5 ta fandan milliy sertifikat olib, muddatidan oldin 189 ballni yigʻdi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠