Namanganda 15 ming o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etiladi

Namanganda 15 ming o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etiladi

Namanganda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

 

Unda yoshlar va ta’limni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilinib, muhim vazifalar belgilandi.

 

Jumladan:

 

 

– 2025-yilda 5 ming, 2026-yilda esa 15 ming o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etiladi;

 

– viloyatdagi 49 ta texnikum faoliyatiga xalqaro standartlar joriy etilib, ularning barchasida dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

 

– turizm sohasidagi yirik loyihalar uchun kadrlar tayyorlash maqsadida kelgusi o‘quv yilidan Namangan davlat universitetida Avstriyaning Krems universiteti bilan qo‘shma fakultet tashkil etiladi.

 

 

Davlat rahbari ushbu tashabbuslar Namangan viloyatida yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim omil bo‘lishini ta’kidladi.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish