Qanday hollarda pedagoglarning attestatsiya uchun murojaatlari rad etilishi mumkin?

Qanday hollarda pedagoglarning attestatsiya uchun murojaatlari rad etilishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabr kunidagi 572-son Nizomning 26-bandiga ko’ra, ayrim holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki Vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishi rad etilishi mumkin.

 

 

Bunga quyidagi holatlar sabab bo’lishi mumkin:

 

– pedagog kadrlar tomonidan soʻrovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;

– pedagog kadrlar tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani maʼlum boʻlib qolganligi;

– soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi;

– attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatganlik uchun belgilangan yigʻimning toʻlanmaganligi (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish holatlari bundan mustasno).

 

 

Davlat xizmatlari koʻrsatishni mazkur bandda koʻrsatilgan asoslardan boshqa holatlar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.