Bugun, 8-avgust kuni soat 23:59 da bakalavriat uchun tanlov bosqichi to’liq yakunlanadi. Jami 10 kun davomida respublikaning barcha hududlarida testlar o‘tkazildi. Yo‘nalish tanlash uchun esa 15 kun vaqt berildi.
Umumiy mandat qachon chiqadi degan savollarga huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev quyidagicha javib bergan:
«Tanlov bosqichi yakunlangacha mumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak»
Imtihonga oid muddatlar:
14-23-iyul — test jarayonlari;
25-iyuldan 8-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni;
8-15-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat);
15-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat);
16-26-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat).
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilgi muddatlar:
14-25-iyul — test jarayonlari;
27-iyuldan 10-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni;
11-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni;
17-avgust — mandat kuni;
18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni.
«Ko‘rib turganingizdek, o‘tgan yili abituriyentlar soni ko‘proq va test muddati uzoqroq bo‘lganda ham mandat muddatidan oldin chiqqan edi. Demak, joriy yilda mandat yanada vaqtliroq chiqish ehtimoli ham yo‘q emas», – deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev o’zining telegramdagi sahifasida.
