Gemini AI kitob va komikslar yozishni oʻrganib oldi

Gemini AI kitob va komikslar yozishni oʻrganib oldi

Google kompaniyasi tomonidan yaratilgan Gemini sun’iy intellekt ilovasi endilikda foydalanuvchilarga o‘z g‘oyalari asosida shaxsiylashtirilgan, rasmli ertak kitoblari yaratish imkoniyatini taqdim etmoqda. Yangi funksiya 2025-yil avgust oyidan boshlab ishga tushirildi.

 

Foydalanuvchi ilovaga oddiygina ertak mazmunini yozib beradi, masalan, “7 yoshli o‘g‘limga mehribonlik haqida ertak yozib bering, u fillarni yaxshi ko‘radi”, yoki “5 yoshli qizimga Quyosh tizimini tushuntiring”  va ilova ushbu so‘rov asosida 10 sahifalik illyustratsiyalardan tashkil topgan kitob yoki komiksni yaratib beradi. Har bir sahifaga maxsus chizilgan rasm va matnga mos ovozli o‘qish (audiokitob shakli) ham qo‘shiladi.

 

Bundan tashqari, foydalanuvchilar o‘zlarining fotosuratlari yoki bolalarining chizgan rasmlarini yuklab, ertakka shaxsiy ruh bag‘ishlashlari mumkin. Stil borasida esa tanlov juda keng: piksel san’ati, komikslar, plastilindan tayyorlangan obrazlar, krujevalar, rangli kitoblar, hattoki kroshka uslubigacha qo‘llab-quvvatlanadi. Bu imkoniyatlar 45 dan ortiq tilda mavjud.

 

Yangilik ayniqsa ota-onalar, o‘qituvchilar va bolalar bilan ishlovchi mutaxassislar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ilova orqali:

 

–  bolalarga murakkab mavzularni tushuntirish,

–  axloqiy saboqlarni berish,

–  shaxsiy xotiralarni ertakka aylantirish mumkin bo‘ladi.

 

Misol uchun, ota-ona Parijga qilgan oilaviy sayohat suratlarini yuklab, farzandi uchun o‘sha sayohat asosida fantastik ertak yarata oladi. Hozirda ushbu dastur sinov tariqasida ishga tushirilgan.