Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-iyun oylari davomida elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya tomonidan 78 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘langan.
Bu miqdor 2024-yilning mos davriga nisbatan 42 foizga o‘sgan. To’langan soliqlarning 94 foizi quyidagi 10 ta kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:
Meta – 22,6 mlrd so‘m;
Apple – 22,1 mlrd so‘m;
Google – 19,4 mlrd so‘m;
OpenAI – 2,9 mlrd so‘m;
Вooking.соm – 1,9 mlrd so‘m;
TikTok – 1,8 mlrd so‘m;
Netflix – 896,2 mln so‘m;
Acca – 797,1 mln so‘m;
Zoom – 786,7 mln so‘m;
Adobe – 530,8 mln so‘m.
Ma’lumot uchun, ChatGPT sun’iy intellekt modelini yaratgan OpenAI kompaniyasi shu yilning aprel oyida O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan edi. Kompaniya 2025-yilning birinchi choragidayoq eng yirik soliq to‘lovchilar o‘nligiga kirgan.
