Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 907 ta qo‘shimcha davlat granti kvotasi ajratilgan.
Ta’lim shakllari kesimida:
kunduzgi ta’lim shakli uchun – 2 968 ta;
kechki ta’lim shakli uchun – 575 ta;
masofaviy ta’lim shakli uchun – 364 ta.
