Mehribonlik uyi va bolalar shaharchalarining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota tasdiqlandi

Mehribonlik uyi va bolalar shaharchalarining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota tasdiqlandi

Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari bo‘lgan, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolg‘iz ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, topib olingan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bolalar hamda nikohda bo‘lmagan onaning vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

 

 

Jami: 1 953 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

 

 

kunduzgi – 1 484 ta;

kechki – 287 ta;

masofaviy – 182 ta.

 

 

Hujjat bilan tanishish