Mehribonlik uyi va shu toifadagi abituriyentlarning imtiyozli kvotasi 5 ta yo‘nalishga ham o‘tadimi?

Mehribonlik uyi va shu toifadagi abituriyentlarning imtiyozli kvotasi 5 ta yo‘nalishga ham o‘tadimi?

Respublika bo‘yicha jami 1 953 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

 

 

Ta’lim shakllari kesimida:

 

 

➖ kunduzgi – 1 484 ta;

➖ kechki – 287 ta;

➖ masofaviy – 182 ta.

 

Ushbu kvota kimlar uchun taalluqli?

 

— Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari;

 

— vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar;

 

— ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolg‘iz ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, topib olingan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bolalar;

 

— nikohda bo‘lmagan onaning vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar.

 

 

ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan 5 ta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan.

 

 

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

 

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

 

 

Masalan, Iqtisodiyot universitetining kunduzgi shaklida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun 60 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, shu toifadagi 100 nafar abituriyent TDIUga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir iqtisodiyot, kimdir marketing, kimdir bank ishi va h.k.

 

 

Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 100 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 60 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 40 nafar bolalar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

 

 

Bu toifadagilarga ball qo‘shib beriladimi?

 

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.