Texnikum bitiruvchilari uchun OTMga suhbat asosida kirish bo‘yicha qabul jarayoni bugun yakunlanadi

Texnikum bitiruvchilari uchun OTMga suhbat asosida kirish bo‘yicha qabul jarayoni bugun yakunlanadi

Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi.

 

 

Ushbu toifadagi abituriyentlar 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazildi.

 

 

Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.

 

 

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni bugun 25-iyuliga qadar davom etadi.

 

 

Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish.