Taʼlim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi sezilarli darajada ko‘paydi

Taʼlim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi sezilarli darajada ko‘paydi

2025-yil yanvar–iyun oylarida oʻrtacha oylik ish haqi 5 mln 982,3 ming soʻmni tashkil etib, koʻrsatkichlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 17,2% ga oʻsgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.

 

 

Maʼlumotlarga koʻra, taʼlim sohasida oʻrtacha oylik ish haqi 4 mln 141,8 ming soʻmni tashkil etgan boʻlsa, uning tarkibi boʻyicha oylik ish haqi oliy taʼlim sohasida 9 mln 574,5 ming soʻmni, texnik va professional taʼlim sohasida 4 mln 203,6 ming soʻmni tashkil etgan.

 

Umumiy oʻrta taʼlim sohasida 4 mln 079,8 ming soʻmni, maktabgacha taʼlim sohasida esa 2 mln 204,2 ming soʻmni tashkil etgan.

 

Taʼlim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi sezilarli darajada ko‘paydi

 

 

Shuningdek, soʻnggi besh yilda axborot va aloqa sohasi boʻyicha ish haqi miqdori 9 mln 645,2 ming soʻmga, tashish va saqlash sohasida 5 mln 317,1 ming soʻmga, sanoat sohasida 3 mln 377,2 ming soʻmga, qurilish sohasida 2 mln 148,0 ming soʻmga, sanʼat, koʻngil ochish va dam olish sohasida 2 mln 490,8 ming soʻmga koʻpayganligi kuzatilgan.

 

Taʼlim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi sezilarli darajada ko‘paydi

 

 

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha oʻrtacha oylik nominal ish haqi miqdori haqida maʼlumotlar 2025-yilning yanvar iyun oylariga oid boʻlib, 2024-yilning mos davriga nisbatan taqqoslangan. Bu taqqoslash orqali sohalar kesimida farqlar va oʻzgarishlar tahlil qilingan.

 

 

Taʼlim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi sezilarli darajada ko‘paydi
Sohalar kesimida farqlar va oʻzgarishlar tahlili

 

2024- yilda o‘qituvchilar qancha oylik maosh olgan?

 

Maʼlumot uchun: 2024-yilda umumtaʼlim maktablarida ishlayotgan oʻqituvchilarning oylik maoshi malaka va maʼlumot darajasiga qarab quyidagicha shakllangan:

 

— o‘rta maxsus ma’lumotli – 3 169 623 so‘m;

 

— oliy ma’lumotli – 3 390 824 so‘m;

 

— ikkinchi toifali – 3 796 213 so‘m;

 

— birinchi toifali – 4 230 138 so‘m;

 

— oliy toifali – 4 674 594 so‘m.

 

 

 

Prezidentning “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi 02.06.2025-yildagi PF-91-son farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-avgustdan pedagoglar ish haqi oshirilgan miqdorda maosh olishadi.

 

Unga koʻra, pedagoglar uchun tasdiqlangan oylik maoshlar quyidagicha:

 

— oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 468 ming 585 soʻm;

 

— oliy maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 729 ming 906 soʻm;

 

— ikkinchi toifali oʻqituvchi – 4 mln 175 ming 834 soʻm;

 

— birinchi toifali oʻqituvchi – 4 mln 653 ming 151 soʻm;

 

— oliy toifali oʻqituvchi – 5 mln 142 ming 053 soʻm.

 

 

Ta’kidlash joizki, taʼlim va sog‘liqni saqlash sohalari mamlakatda eng past oylik ish haqi toʻlanadigan yoʻnalishlar qatorida qolmoqda. Ushbu sohalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar hanuzgacha o‘rtacha ish haqi darajasidan past maosh olishmoqda.