2025-yil 1-avgustdan pedagoglar oshirilgan miqdorda oylik maosh olishlari mumkin

2025-yil 1-avgustdan pedagoglar oshirilgan miqdorda oylik maosh olishlari mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi 02.06.2025-yildagi PF-91-son farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-avgustdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 10 foizga oshirildi.

 

 

Farmonga muvofiq pedagoglar 1-avgustdan quyidagicha oshirilgan miqdorda oylik maosh oladilar:

 

 

Maktab direktori:

 

• 5 mln 166 ming 485 soʻm (400 oʻquvchigacha);

• 5 mln 516 ming 559 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);

• 5 mln 849 ming 691 soʻm (881-1600 oʻquvchigacha);

• 6 mln 187 ming 933 soʻm (1600dan ortiq);

 

 

Direktor oʻrinbosarlari: (MMIBDOʻ, OʻTIBDOʻ)

 

• 4 mln 825 ming 345 soʻm (400 oʻquvchigacha);

• 5 mln 166 ming 485 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);

• 5 mln 516 ming 559 soʻm (881 -1600 oʻquvchigacha);

• 5 mln 849 ming 691 soʻm (1600dan ortiq);

 

 

Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari:

 

• 1 mln 957 ming 858 soʻm (400 oʻquvchigacha);

• 2 mln 233 ming 302 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);

• 2 mln 322 ming 127 soʻm (881 -1600 oʻquvchigacha);

• 2 mln 515 ming 091 soʻm (1600dan ortiq);

 

 

Psixologlar:

 

• Oliy maʼlumotli psixolog – 3 mln 356 ming 916 soʻm;

• Ikkinchi toifali psixolog – 3 mln 594 ming 851 soʻm;

• Birinchi toifali psixolog – 3 mln 838 ming 851 soʻm;

• Oliy toifali psixolog – 4 mln 72 ming 508 soʻm;

 

 

Oʻqituvchilar:

 

• Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 468 ming 585 soʻm;

• Oliy maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 729 ming 906 soʻm;

• Ikkinchi toifali oʻqituvchi – 4 mln 175 ming 834 soʻm;

• Birinchi toifali oʻqituvchi – 4 mln 653 ming 151 soʻm;

• Oliy toifali oʻqituvchi – 5 mln 142 ming 053 soʻm;

 

 

Kadrlar boʻyicha menejer:

 

1 mln 758 ming 372 soʻm;

 

 

Kutubxona mudiri:

 

• Oʻrta maxsus maʼlumotli – 2 mln 349 ming 447 soʻm;

• Oliy maʼlumotli – 2 mln 563 ming 442 soʻm;

 

 

Kutubxonachi:

 

• Oʻrta maxsus maʼlumotli – 2 mln 37 ming 317 soʻm;

• Oliy maʼlumotli – 2 mln 144 ming 548 soʻm.