Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Dauletmuratov Muxamedali Mirzamuratovich Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
M.M. Dauletmuratov ushbu tayinlovga qadar institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
U 1993-yilda tugʻilgan, 2015-yilda Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining bakalavriat, 2017-yilda Toshkent davlat agrar universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi — agrokimyogar. Qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Mehnat faoliyati davomida institutning Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi mudiri, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori kabi lavozimlarda ishlagan.
Ilmiy faoliyati davomida Qoraqalpogʻiston sharoitida tuproq unumdorligi, shoʻrlanish, yer degradatsiyasi, qishloq xoʻjaligi ekinlarini avtomatlashtirilgan oʻgʻitlash va GAT texnologiyalari yoʻnalishlarida tadqiqotlar olib borgan.
M.M. Dauletmuratov 50 ga yaqin ilmiy ish, jumladan monografiya va oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Uning ilmiy maqolalari Schopus va Web of Schienche bazalarida indeksatsiyalanuvchi xalqaro jurnallarda chop etilgan.
Shuningdek, “Umid uchquni” va “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.
