Toshkentdagi maktabda o‘quvchining sinfdoshlariga qilgan xatti-harakati yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi (video)

Toshkentdagi maktabda o‘quvchining sinfdoshlariga qilgan xatti-harakati yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi (video)

Toshkentdagi 94-maktabda o‘quvchilar o‘rtasida yuz bergan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ O‘rganish yakunlariga ko‘ra, ikki nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda 94-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida janjal yuz bergani aks etgan video tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Videoda o‘quvchilardan biri boshqa o‘quvchiga suv sepayotgani va yana boshqa birining yuzini esa latta bilan artayotgani ko‘rinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, voqea 2026-yil 18-sentabr kuni maktabning 9-“V” sinfida sodir bo‘lgan. ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Dastlab o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hazil va tortishuv yuzaga kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Holat o‘quvchilarning ota-onalari, ichki ishlar organlari xodimlari, prokuratura vakillari hamda maktab mas’ullari ishtirokida o‘rganilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, ikki nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi asosida ma’muriy choralar ko‘rilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠