Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari ma’lum qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Xabaringiz bor, bu yil “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga mukofot sifatida 50 ming AQSh dollaridan ziyod pul mablag‘i berish reja qilingandi.
Mazkur tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.







