Maktab yerini sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi nomidan 1,2 mlrd so‘mlik qarorlar imzolangani aniqlandi

Maktab yerini sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi nomidan 1,2 mlrd so‘mlik qarorlar imzolangani aniqlandi

Hokim hibsga olingan bo‘lishiga qaramay, 8—9-iyul kunlari uning nomi bilan 1,2 milliard so‘mdan ortiq pul ajratishga oid 5 ta qaror imzolangani haqida xabarlar tarqalgan.

 

 

Unga ko‘ra, “E-qaror” elektron tizimida 8—9-iyul kunlari haqiqatan ham Mahmud Xolbo‘tayev nomidan imzolangan 5 ta mahalliy kengash qarori mavjud bo‘lib, ularning ikkitasi (12) u qo‘lga olingan 8-iyul kuni, uchtasi (123) esa 9-iyul kuni uning nomidan imzolangan.

 

 

Jizzax viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. To‘plangan hujjatlar bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.