Davlat OTMlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirib, muayyan oʻquv yili boʻyicha GPA koʻrsatkichi 4 va undan yuqori boʻlgan, belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi oʻquv yili uchun qoʻshimcha davlat granti taqdim etiladi.
Bunda talabgorlar oʻz arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Arizalar ko’rib chiqilgach, qoʻshimcha davlat granti taqdim etilgan talabalar har yili 5-sentyabrga qadar oliy taʼlim tashkiloti tomonidan xabardor qilinadi.
