Bir hafta ichida o‘qishga «kiritib qo‘yish» ga oid bir qancha firibgarlik holatlari aniqlandi

Bir hafta ichida o‘qishga «kiritib qo‘yish» ga oid bir qancha firibgarlik holatlari aniqlandi

So‘nggi bir hafta ichida o‘qishga «kiritib qo‘yish» bilan bog‘liq bir qancha firibgarlik holatlari aniqlandi. Ular:

 

1.  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra o‘qituvchisi o‘zining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur OTMga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

2. Farg‘ona davlat universiteti kafedra o‘qituvchisi hamkasblari orqali Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroni boks bo‘yicha darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy ta’lim fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming 800 dollar olgan vaqtida ushlandi.

 

3. Toshkentda fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga ijodiy imtihondan yuqori ball olib berib, davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 ming dollar olgan shaxs ushlandi.

 

4. Namanganda A.V ismli shaxs fuqaroni Toshkentdagi xususiy universitetlardan biriga 3-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

 

Hozirda yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.