Attestatsiya ikki bosqichda: umumiy 100 ballik tizimda baholanadi va ikki bosqich natijasi qo‘shilib qaror chiqariladi:
Ikki bosqich (80+20=100 ball) natijasi qo‘shilib quyidagi tartibda qaror chiqariladi:
Oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa – «Attestatsiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
80 balldan past ko‘rsatgichga ega bo‘lsa – «Attestatsiyadan o‘tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) ga tushirilsin»;
Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
80 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa – «Attestatsiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
70 balldan 79 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa – «Attestatsiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
70 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa – «Attestatsiyadan o‘tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) ga tushirilsin»;
Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
70 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa – «Attestatsiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (etakchi o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
60 balldan 69 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa – «Attestatsiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
60 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa – «Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilsin»;
Eslatma: Navbatdan tashqari attestatsiyalarda natijasidan qat’iy nazar toifa tushirilmaydi