Ish faoliyatida “networking” nima uchun kerak?

Ish faoliyatida “networking” nima uchun kerak?

Bugungi kunda talabalar uchun faqat yaxshi baholarga ega bo‘lish yetarli emas. Karyera rivoji, professional o‘sishda “networking”  ya’ni ish yoki o‘qish bilan bog‘liq sohalarda foydali tanishlar orttirish, ular bilan muloqot qilish va aloqalarni mustahkamlashni bilish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

 

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, “networking” yangi ish imkoniyatlari, stajirovka, sohadagi yangiliklardan xabardor bo‘lish va umuman, karyera yo‘nalishida muvaffaqiyat qozonish uchun eng samarali vositalardan biridir.

 

 

2017-yilgi so‘rov natijalariga ko‘ra, 80 foiz odam professional networking karyerada muvaffaqiyatga erishishda muhim rol o‘ynashini ta’kidlagan. Shuningdek, ishtirokchilarning 35 foizi oddiy LinkedIn orqali boshlangan muloqotlar ularga yangi imkoniyatlar eshigini ochganini bildirgan. 61 foiz so‘rovnoma qatnashchilari esa doimiy onlayn aloqalar orqali ish topishga erishgan.

 

 

Talabalar kimlar bilan tanishishi mumkin?

 

Talabalar uchun kasbiy aloqalar o‘rnatishlari mumkin bo‘lgan odamlar juda ko‘p. Bular:

 

— o‘qituvchilar va professorlar;

 

— guruhdoshlar;

 

— universitet bitiruvchilari;

 

— to‘garaklar, tashkilotlar va klub a’zolari;

 

— do‘stlar va ularning tanishlari.

 

 

“Networking” ni samarali qurishda konferensiya, seminar va treninglarda faol ishtirok etish foyda beradi. Shunindek, oddiy savollar orqali yangi suhbatlar boshlash mumkin. Masalan: “Siz qayerda ishlaysiz?”, “Kasbingiz haqida gapirib bera olasizmi?” kabi savollar orqali suhbatni boshlash mumkin.