2025–2026 o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul jarayonlari oldidan abituriyentlar orasida raqobat kuchaymoqda. O‘tgan yillardagi qabul natijalari, fanlar kesimidagi ballar dinamikasi, kvotalar taqsimoti va mutaxassisliklar bo‘yicha ehtiyojlar bugungi tanlovga yondashuvni tubdan o‘zgartirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qaroriga muvofiq, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish oliy ta’lim muassasalarining ehtiyojidan kelib chiqib, davlat buyurtmasi asosida, xavfsiz, shaffof va adolatli tarzda amalga oshirilishi belgilangan.
Magistratura – chuqurlashtirilgan ilmiy va amaliy tayyorgarlik bosqichi
Yuqoridagi qarorga muvofiq, magistratura ta’limi shakli O‘zbekistonda kunduzgi bo‘lib, uning davomiyligi 2 yil etib belgilangan.
O‘zbekistonda jami 201 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud. Ulardan 100 tasi davlat, 71 tasi nodavlat, 30 tasi esa xorijiy oliy ta’lim muassasalari hisoblanadi. Va yuqoridagi qarorga asosan faqatgina davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichi uchun ushbu qaror amal qiladi.
Magistraturaga kirish talablari va farqlari:
davlat, nodavlat va xorijiy OTMlar misolida
1. Davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida magistraturaga kirish talablari bir xilmi?
Yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qaroriga to‘liq bo‘ysunmaydi.
Ushbu qarorning “Umumiy qoidalar” bo‘limi 1-bandiga asosan, Prezidentga bo‘ysunuvchi yoki alohida huquqiy maqomga ega davlat tashkilotlari — masalan:
– Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi,
– Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,
– Ichki ishlar vazirligi akademiyasi,
– Bank-moliya akademiyasi,
– Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzurida), bu muassasalar magistraturaga qabul qilish va o‘qitish tartibini o‘zlari mustaqil belgilaydi. Ular Vazirlar Mahkamasining nizomiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunmaydi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti, Webster University, Westminster Universiteti (Toshkent filiali), MDIST kabi xalqaro oliy ta’lim muassasalari filiallari yoki xorijiy akkreditatsiyaga ega universitetlar ham o‘z kirish tartiblarini xalqaro nizomlar asosida amalga oshiradi.
Bundan tashqari, Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU)da magistraturaga qabul va o‘qitish tartibi Adliya vazirligi bilan alohida kelishuv asosida belgilanadi. Ya’ni, TDYU ham o‘z siyosatini Vazirlar Mahkamasidan mustaqil ravishda yuritadi.
2. Uch turdagi OTMda kirish tartibida qanday farqlar bor?
- Davlat oliy ta’lim muassasalari
Hozirda O‘zbekistonda davlat tasarrufidagi 100 ta OTM faoliyat yuritmoqda. Ularga magistratura bosqichiga qabul Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining portali my.edu.uz platformasi orqali topshiriladi.
Asosiy talablar:
- Bakalavr diplomi;
- Tasdiqlangan talablarga javob beradigan chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro yoki milliy sertifikat.
Hujjat topshirish 4 bosqichda amalga oshiriladi:
- Ariza topshirish;
- Ma’lumotlarni ko‘rib chiqish;
- Diplomni tasdiqlash;
- Arizani qabul qilish.
2024/2025 o‘quv yili uchun qabul 1-iyul kuni boshlanib, 21-iyulda kvotalar e’lon qilingandi. Natijalar esa 28-iyulda chiqqandi. 2025/2026 o‘quv yili uchun esa qabul 7-iyul kuni ochildi, ammo kvotalar hali e’lon qilinmadi.
- Nodavlat oliy ta’lim muassasalari
Xususiy yoki xalqaro hamkorlikdagi nodavlat OTMlar o‘zlarining ichki tartiblariga ko‘ra magistratura qabulini tashkil qiladi. Ular my.edu.uz tizimidan mustaqil bo‘lib, hujjat topshirish muddati, talablar va suhbatlar o‘z siyosatlariga muvofiq belgilanadi.
- Xorijiy oliy ta’lim muassasalari
Xalqaro universitetlar Vazirlar Mahkamasining 345-sonli qaroriga bo‘ysunmaydi. Ular:
– Kirish talablari,
– O‘quv dasturlari,
– Diplom berish tartibini
xalqaro hamkor universitetlari bilan kelishilgan holda o‘zlari belgilaydi.
3. Nomdor stipendiyalar, davlat mukofotlari egalari nodavlat yoki xorijiy OTMlarda imtiyozga ega bo‘ladimi?
Vazirlar Mahkamasining 36-sonli qarorining 3-bandiga asosan, nomdor davlat stipendiyalari, mukofotlar yoki boshqa imtiyozlar faqat davlat oliy ta’lim muassasalarida amal qiladi.
Xususiy yoki xorijiy universitetlar bu imtiyozlarni tan olish yoki tan olmaslik huquqiga ega.
4. Qaysi turdagi OTMda magistraturada o‘qish foydaliroq?
Bu savolga javob har bir abituriyentning qadriyatlari, maqsadlari va moliyaviy imkoniyatlariga bog‘liq. Eng muhim omil — sizning o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqingiz, mehnatingiz va natijangizdir.
Agar siz davlat universitetiga kira olmasangiz, xususiy yoki xorijiy OTMlarga urinib ko‘rishingiz mumkin. Har qanday sharoitda sizning bilimingiz va natijalaringiz muhim rol o‘ynaydi.
5. O‘zbekistondagi bir yillik magistratura dasturlari
- Toshkent davlat yuridik universiteti
• Advokatlik faoliyati
• Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish
• Sport huquqi
• Davlat boshqaruvi huquqi
• Biznes huquqi
• Mehnat huquqi
• Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti
• Moliyaviy-huquqiy monitoring
• Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi
• Mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullari
• Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati
• Ommaviy axborot vositalari huquqi
• Tabiiy resurslar huquqi
• Xalqaro tijorat huquqi
• Kiber huquqi
• Xalqaro huquq va inson huquqlari
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Magistratura shakli – kunduzgi
• Xalqaro huquq (sohalar bo’yicha)
• Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoq va faoliyat turlari bo’yicha)
• Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqa va faoliyat yo’nalishi bo’yicha)
• Xalqaro biznes huquqi
• Amaliy siyosatshunoslik
• Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati
Magistratura bo’yicha 2025/2026 – o’quv yili uchun til sertifikatiga qo’yilgan talablar
2024/2025 – o’quv yili qabul kvotasi
2024/2025-oʻquv yili MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati
2024/2025-oʻquv yilgi oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichi natijalari
Statistikalar
Bu yil siz topshirayotgan yo’nalishga qancha odam topshirganini ko’rish






