13 yoshli tadqiqotchi: Microsoft o‘zining eng yosh xavfsizlik tadqiqotchisi bilan tanishtirdi

13 yoshli tadqiqotchi: Microsoft o‘zining eng yosh xavfsizlik tadqiqotchisi bilan tanishtirdi

Bug Bounty jamoasi Dilan’ga dasturda 13 yoshidan boshlab ishtirok etishiga imkon berish uchun shartlarni o’zgartirishiga to’g’ri keldi. Unga shuningdek, Microsoft xavfsizligiga javobgar (MSRC) guruhi bilan ishlash taklif qilingan.

 

 

Dilan hozirda guruhning eng yosh va eng samarali a’zosi. 2024-yili yozda u 20 ta zaifliklarni topdi, yaqinda esa Zero Day Quest xakerlik chempionatida 3-o’rinni egallagan.

 

 

Endi u Microsoft Security Response Center (MSRC) bilan hamkorlik qilgan eng yosh xavfsizlik tadqiqotchisiga aylangan. Uning kiberxavfsizlikka boʻlgan yoʻli ilhomlantiradi — bu qiziqish, qatʼiyat va dunyoni oʻzgartirish istagidan kelib chiqqan.

 

13 yoshli tadqiqotchi: Microsoft o‘zining eng yosh xavfsizlik tadqiqotchisi bilan tanishtirdi

Boshidan boshlab xavfsizlik sari

 

Dilanning texnologiyaga qiziqishi juda erta boshlangan. Koʻpchilik bolalar singari, u Scratch bilan — oddiy oʻyinlar va animatsiyalar yaratish uchun moʻljallangan vizual dasturlash tili bilan tanishgan. Ammo Dilan uchun Scratch shunchaki oʻyinchoq emasdi; bu katta safarning boshlanishi edi.

 

 

U tez orada HTML va boshqa tillarni oʻrganishga oʻtgan. 5-sinfga kelib, taʼlim platformalarining manba kodini tahlil qiladigan boʻlgan. Bir tajribasi — darslarni tugatmasdan oʻyinlarni ochish — unga biroz muammo keltirdi, ammo tizimlarning qanday ishlashini tushunishga boʻlgan qiziqishini yanada kuchaytirgan.

 

 

Bu qiziqish COVID-19 pandemiyasi davrida yanada chuqurlashdi. Maktabi oʻquvchilarga Teams uchrashuvlarini yaratishni taqiqlagandan soʻng, Dilan Outlook orqali bu cheklovlarni chetlab oʻtdi. Bu qoidalarni buzish emas, balki izolyatsiya davrida sinfdoshlarini bogʻlab turish uchun yoʻl topish edi. Bu uning muammolarni hal qiluvchi inson sifatida shakllanayotganidan dalolat berardi.

 

Dilanning birinchi zaiflik kashfiyoti

 

Keyinchalik, maktabi oʻquvchilarga Teams chatlarini yaratishni ham bloklagandan soʻng, Dilan taslim boʻlmasdan ijodkorlik bilan yondashgan. Muloqot imkoniyatlarini tiklash istagi uni xavfsizlik tadqiqotiga olib kirdi. 9 oy davomida mustaqil oʻrganish, izlanish va sinov-tajribalardan soʻng, u istalgan Teams guruhini egallab olish imkonini beradigan zaiflikni aniqlagan. Bu yutuq uni masʼuliyatli axborot berish dunyosiga olib kirdi va MSRC bilan aloqalarini boshlab bergan.

 

 

Koʻp oʻtmay, Dilan Microsoftʻga birinchi rasmiy zaiflik haqidagi hisobotini yubordi. Bunga javoban Bug Bounty jamoasi dastur qoidalarini oʻzgartirib, 13 yoshdan boshlab tadqiqotchilarning ishtirok etishiga ruxsat berdi. Shu vaqtdan beri Dilan MSRC bilan yaqindan ishlab kelmoqda va yoshi uchun juda yuqori texnik bilim hamda professionallikni namoyon etmoqda.

 

13 yoshli tadqiqotchi: Microsoft o‘zining eng yosh xavfsizlik tadqiqotchisi bilan tanishtirdi

MSRC bilan hamkorlik

 

Dilanning muloqot qobiliyati uning texnik mahorati kabi taʼsirli. U MSRCʻning dastlabki baholariga rozi boʻlmagan paytlarda ham oʻz fikrini ehtirom bilan bildirishi bilan tanilgan — doimo ularning nuqtayi nazarini tushunishga va oʻz qarashlarini aniq tushuntirishga intiladi. Bunday oʻylangan yondashuv unga hurmat olib keldi va sezilarli natijalarga erishishga yordam bergan.

 

 

Bunga yaqqol misol: Dilan Authenticator Broker xizmatidagi zaiflikni taqdim etdi, dastlab u MSRC tomonidan dastur doirasidan tashqari deb topilgan. Ammo Dilan aniq va konstruktiv muloqot orqali ushbu muammoning kengroq oqibatlarini tushuntirishga yordam berdi. Natijada, bu muammo tan olindi, shuningdek, Bug Bounty dasturining doirasi kelgusi arizalar uchun kengaytirilgan — bu Dilanning taʼsirining yaqqol isbotidir.

 

Qiyinchiliklar va yutuqlar

 

Yutuqlariga qaramay, Dilanning yoʻli oson boʻlmagan. U tushunarsiz hisobotlar va muvaffaqiyatsizliklarga duch kelgan, ammo bunga qarshi turishga uni oilasi — onasi, otasi, tutingan ota-onasi va buvilari-buvalari yordam berganini aytgan.

 

 

Uning yoʻli faqat texnik emas edi. Pandemiya davrida Dilan sogʻligʻi bilan bogʻliq muammo tufayli ovozini yoʻqotdi va uni tiklash uchun ikki marta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan. Bu tajriba uning irodasini va matonatini yanada mustahkamlagan.

 

13 yoshli tadqiqotchi: Microsoft o‘zining eng yosh xavfsizlik tadqiqotchisi bilan tanishtirdi

Dilanning keyingi rejalari

Hozirda oʻrta maktabning kichik sinfida oʻqiyotgan Dilan oʻqishni turli toʻgaraklar bilan birga olib bormoqda — Science Olympiad, matematika musobaqalari, suzish, velosiped haydash va violonchel chalish bilan shugʻullanagan. U oʻtgan yozda yakkasi 20 ta zaiflik hisobotini topshirgan, bu esa undan avvalgi umumiy olti hisobotdan ancha koʻp.

 

 

U 2022 va 2024-yillarda MSRCʻning “Eng qimmatli tadqiqotchilar” roʻyxatiga kiritilgan. 2025-yil aprel oyida Dilan Vashington shtatidagi Redmond shahrida oʻtkazilgan Microsoftʻning Zero Day Quest — yetakchi xakerlik musobaqasida qatnashib, 3-oʻrinni egallagan. Bu uni global miqyosdagi eng yaxshi tadqiqotchilar qatoriga olib chiqqan.

 

 

Band dars jadvaliga qaramay, Dilan xavfsizlik tadqiqotlarini hali ham qiziqarli xobbi deb biladi. U oʻrganish, yangi zaifliklarni kashf etish va jamoaga foyda keltirishga ishtiyoqmand. Kelajakda u kiberxavfsizlik, ilm-fan yoki fuqarolik faoliyati sohasida ishlash kabi turli imkoniyatlarga ochiq.

 

 

Dilan, shuningdek, xavfsizlik konferensiyalarida ishtirok etishni orzu qiladi, imkoniyat boʻlganida boshqa tadqiqotchilar bilan uchrashishni va eng yaxshilaridan oʻrganishni istaydi. Uning hikoyasi boshqa yosh tadqiqotchilar uchun ilhom manbai — yosh chegarasi yoʻq, eng muhimi ijodkorlik, qatʼiyat va oʻrganishga tayyorlikdir.