Kecha, 1-iyul kuni Fransiyada havo harorati 40 darajadan oshgani bois, mamlakatning turli hududlarida joylashgan taxminan 1350 ta davlat maktablari vaqtincha yopildi.
Mahalliy hokimiyatning rasmiy bayonotiga ko’ra, ta’lim muassasalari salbiy ob-havo sharoitlari tufayli 1 kun davomida to’liq yoki qisman yopilgan. Kun davomida havo harorati 20 dan 41 darajagacha ko‘tarilgan.
Avvalgi kuni aynan shu sababdan yana 750 ta maktab faoliyati toʻxtatilgan edi.
Météo-France meteorologik agentligining ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatning 16 ta departamentida, shu jumladan Parijda, ‘‘qizil xavf’’ darajasi e’lon qilingan. Bundan tashqari, yana 68 ta departamentda esa to’q sariq xavf darajasi amal qilmoqda.
