Avvalroq, ushbu loyiha doirasida nodavlat ta’lim tashkilotlari qabul jarayonini bir yilda ikki marotaba – 15-oktyabrgacha hamda 15-fevralgacha amalga oshirishni taklif qilingani haqida xabar bergan edik.
Bundan tashqari, Vazirlik hamda “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasida ta’lim sifatini oshirish va o‘quv jarayonini samarali tashkil etish hamda ta’lim integratsiyasini to‘liq ta’minlashga qaratilgan quyidagi takliflari ma’qullanishi taklif etilmoqda.
a) ta’lim shaklidan qat’i nazar, talabgorga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan o‘quv binolari, talabalar turar joyi va o‘quv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa bino va inshootlarning mavjud bo‘lishi. Bunda nodavlat ta’lim tashkilotiga faoliyatining dastlabki 5 yilida bino va inshootlardan ijara huquqi asosida foydalanishga ruxsat beriladi;
b) nodavlat ta’lim tashkilotining nomi va kelgusi besh yillik strategik rejasi yuzasidan Vazirlikning ijobiy xulosasi mavjud bo‘lishi. Bunda besh yillik strategik rejada, jumladan nodavlat ta’lim tashkilotini rivojlantirish dasturi, ta’lim sifatini ta’minlash tizimi, to‘lov-kontrakt miqdori va boshqa muhim mezonlar ko‘rsatiladi;
v) qabul parametrlarini Vazirlik bilan kelishish hamda qabul jarayonini bir yilda ikki marotaba– 15-oktyabrgacha hamda 15-fevralgacha amalga oshirish;
abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish va bitiruvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazishni davlat ta’lim tashkilotlariga belgilangan talablar asosida amalga oshirish;
g) nodavlat ta’lim tashkilotlaridao‘quv, ilmiy va ma’muriy jarayonlarni boshqaruvchi hamda ta’lim sifatini nazorat qiluvchi axborot tizimining mavjud bo‘lishi. Bunda nodavlat ta’lim tashkiloti o‘z axborot tizimini Vazirlikning ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlariga integratsiya qilishi shartligi belgilanadi;
Loyihada shuningdek, amaldagi litsenziya asosida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu qo‘shimcha litsenziya talabi kuchga kirgan vaqtdan boshlab 5 yil ichida mulk huquqi asosida zarur bino va inshootlarga ega bo‘lishi talab etiladi.
Bunda mazkur talab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida faoliyati tashkil etilgan ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga (HEMIS) kiritilmagan va registratsiyadan o‘tkazilmagan ta’lim oluvchilarga o‘qish yakuni bo‘yicha davlat namunasidagi tegishli hujjat berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Vazirlik bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Litsenziya” axborot tizimida ishlash tartibini mazkur qaror talablari asosida qayta ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Vazirlik:
a) ikki oy muddatda:
– nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish hamda bitiruvchilarga diplom berishning yagona tartibini ishlab chiqilishini ta’minlash;
– nodavlat ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni masofadan boshqarish va tahlil qilish bo‘yicha elektron platformani shakllantirsin, bunda ushbu tashkilotlar tomonidan litsenziya talablariga amal qilish, o‘quv jarayoni va ta’lim sifati holatini muntazam monitoring qilib borish imkoniyati to‘liq yaratilishini nazarda tutilishi;
– “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi bilan birgalikda oliy ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha ilg‘or xorij tajribasi asosida asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilangan.
b) uch oy muddatda:
– nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganda moliyaviy sanksiya shaklidagi jarimalarni qo‘llash masalasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;
– nodavlat o‘rta maxsus, kasbiy, oliy ta’lim hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziyalash bo‘yicha amaldagi tartiblar o‘zgarishi munosabati bilan qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
v) 6 oy muddatda nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘z namunasidagi ta’lim to‘g‘risida hujjat (diplom)ga qo‘yiladigan yagona talablarni ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi keltirilgan.
1-ilova
Nodavlat o‘rta maxsus, kasbiy, oliy hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlarini faoliyati uchun litsenziya talab va shartlari
| 1. | Litsenziya nomi: | nodavlat o‘rta maxsus ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya;
nodavlat kasbiy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya; nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya; nodavlat oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 2. | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: | a) o‘rta maxsus ta’lim xizmatlari;
b) kasbiy ta’lim xizmatlari; v) oliy ta’lim xizmatlari; g) oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlari. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 4. | Litsenziyalovchi organ: | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 5. | Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) ariza;
arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, elektron pochtasi, ta’lim faoliyatini amalga oshirish manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, o‘zgartirish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) talabgorning bankdagi hisobvarag‘ida mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan mablag‘ning minimal miqdori to‘g‘risida ma’lumot; v) ta’lim jarayonlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar ro‘yxati (ta’lim shakllari ko‘rsatilgan holda); d) kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilayotgan ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul rejasi (to‘liq o‘qish davomiyligi ko‘rsatilgan holda); g) ta’lim tashkiloti tashkil etilayotgan o‘quv binolari, talabalar turar joyi va o‘quv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa bino va inshootlarning tegishli hujjatlari (oldi-sotdi shartnomasi yoki ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasi (agar bino ijaraga olingan bo‘lsa), shuningdek ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti, ko‘chmas mulk obyektiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar). |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 7. | Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 8. | Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: | 30 ish kunida | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 9. | Litsenziya talablari va shartlari: | I. Nodavlat o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari:
a) ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etish uchun zarur bino o‘rta maxsus ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun maydoni kamida – 2500 m2; kasbiy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun maydoni kamida – 2500 m2; oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun maydoni kamida 5000 m2; oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun maydoni uchun – 1000 m2*. Nodavlat ta’lim xizmatini ko‘rsatish uchun ta’lim shaklidan qat’i nazar, talabgorga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan o‘quv binolari, talabalar turar joyi Bunda nodavlat ta’lim tashkilotiga faoliyatining dastlabki 5 yilida bino va inshootlardan ijara huquqi asosida foydalanishga ruxsat beriladi *; b) ta’limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo‘lishi, ta’lim jarayonida urushni, zo‘ravonlikni targ‘ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, ta’lim oluvchilar jinsiga ko‘ra ajratib o‘qitilishiga (qonunchilikda ayrim o‘quv fanlarni ajratib o‘qitish bo‘yicha belgilangan holatlar bundan mustasno), mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik*; v) oliy ta’lim tashkilotida vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan shug‘ullanadigan rektor maslahatchisi shtat birligi mavjudligi.* g) nodavlat ta’lim tashkilotiga o‘qishga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish*; d) talabalarni bakalavriat va magistratura bosqichlariga ochiq tanlov tizimi orqali, zarur hollarda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida belgilangan muddatlarda qabul qilish, o‘quv yilini faqat sentyabr (oktyabr) oyida boshlash, shuningdek, boshqa oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining o‘qishini faqat ta’lim jarayoni tashkil etilgan kurslarga mos va turdosh yo‘nalishlarga ko‘chirib o‘tkazish orqali qabul qilish*; boshqa ta’lim shakllariga umumiy qabul parametri kunduzgi ta’lim shaklidan ortib ketmasligi hamda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga talabalarni tegishli ta’lim dasturlari belgilangan tartibda maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilganidan so‘ng navbatdagi (kelayotgan) o‘quv yili uchun belgilangan tartibda qabul qilish*; ye) bitiruvchilarga belgilangan tartibda ta’lim to‘g‘risida hujjat berish; j) qonunchilikda belgilangan muddatlarda, o‘rnatilgan tartibga muvofiq davlat akkreditatsiyasidan o‘tish*; z) nodavlat ta’lim tashkilotlarining nomi, muhrlari, tamg‘alari, lavhalari, e’lonlari, narxnomalari, ish qog‘ozlarining matnlari va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida bo‘lishi lozim (O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tashkil etiladigan xorijiy ta’lim tashkilotlarining, shuningdek xalqaro tashkilotlarning ta’lim muassasalari filiallari (markazlari, ta’lim kampuslari) va boshqa bo‘linmalari bundan mustasno)*. i) ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga beriladigan diplom ma’lumotlarini litsenziya bergan vakolatli organning ma’lumotlar bazasiga kiritish*.
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| II. Quyidagilar nodavlat ta’lim xizmatlarining litsenziyalanadigan faoliyat turlarining alohida talab va shartlari hisoblanadi: |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
O‘rta maxsus ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya talablari va shartlari
Kasbiy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya talablari va shartlari
Oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya talablari va shartlari
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | a) davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa (5 ish kuni ichida);
b) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa (5 ish kuni ichida); v) Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqlarsiz muhit yaratilganligi to‘g‘risidagi xulosa (5 ish kuni ichida). |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 11. | Litsenziyaning amal qilish muddati: | cheklanmagan | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 12. | Izoh. | Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi aniq ko‘rsatiladi.
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotining boshqa hududdagi har bir faoliyat manzili uchun alohida litsenziya olishi talab etiladi. Bunda oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha barcha litsenziya talablariga amal qilish majburiy hisoblanadi. Litsenziya olish uchun topshirilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayoniga ta’lim turi tegishli bo‘lgan ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari, tizimida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, ularning hududiy bo‘limlari * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab |
