Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi kuzatuv kengashi 2025 yil 3-iyundagi 3-son bayoniga ko’ra, 5 nafar bakalavriat talabalariga (10 oy muddatga har oyda 1 mln. so‘mdan), 5 nafar magistrantga (10 oy muddatga har oyda 1,5 mln. so‘mdan) stipendiya to’lanadi.
Tanlovda respublikadagi oliy ta’lim muassalarida Matematika ta’lim yo’nalishlarida 2-bosqichni tugatgan bakalavriat hamda 1-bosqichni tugatgan magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar quyidagilarga muvofiq bo’lishi lozim:
➖ Ushbu o’quv yiliga qadar natijalari bo’yicha fanlarni o’zlashtirish darajasi yaxshi (4 baho) va undan yuqori bo’lishi;
➖Matematika ixtisoslik fanlari bo’yicha barcha fanlarni o’zlashtirish darajasi a’lo (5 baho) bo’lishi;
Tanlovda qatnashish uchun talabgor quyidagi hujjatlarni jildlagan holda Ijro direksiyasiga taqdim etadi:
➖ nomzodning sinov daftarchasidan ko’chirma (ko’chirma fakultet muhri bilan tasdiqlanadi);
➖ tegishli fakultet dekani yoki kafedra mudiri va ta’lim muassasasidagi yetakchi professor-o’qituvchining tavsiyanomasi (talabgorning ilmiy natijalari qisqacha bayon etilgan holda).
—Talabgorning yutuqlaridan na’munalar(sertifikatlari, ilmiy maqola va tezislari… ) jamlanmasi.
— talabgorning ma’lumotnomasi (obyektivka) tel raqamini ko’rsatgan holda
Hujjatlar 15-iyundan 15-iyulga qadar elektron shaklda sarimsoqovtanlov@gmail.com pochta manziliga yuborish orqali qabul qilinadi.
