Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025 oʻquv yili boshiga, Oʻzbekiston Respublikasidagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi oʻquvchilar soni 6 776,3 ming nafarni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 1990/1991 oʻquv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 2 120,8 ming nafar yoki 45,6 % ga oshgan.
Yillar kesimida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi oʻquvchilar soni quyidagicha:
1990/1991 oʻquv yili boshiga – 4 655,5 ming nafar;
2000/2001 oʻquv yili boshiga – 6 017,6 ming nafar;
2010/2011 oʻquv yili boshiga – 4 695,3 ming nafar;
2020/2021 oʻquv yili boshiga – 6 287,9 ming nafar;
2023/2024 oʻquv yili boshiga – 6 645,1 ming nafar;
2024/2025 oʻquv yili boshiga – 6 776,3 ming nafar.
