Oʻzbekiston va Xitoy OTM lari oʻrtasida hamkorlik bitimlari imzolandi

Oʻzbekiston va Xitoy OTM lari oʻrtasida hamkorlik bitimlari imzolandi

Kecha, 1-iyun kuni Samarqandda II taʼlim, fan va texnologiyalar sohasidagi innovatsion hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi. Bu haqda UzA xabar berdi.

 

 

Unda O‘zbekiston va Xitoydagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, vazirlar va hududlar rahbarlari ishtirok etgan.

 

 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov forum ochilish marosimida quyidagilarni ta’kidlagan:

— Soʻnggi yillarda biz oliy taʼlim sifatini oshirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi, akademik mobillik va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Bugungi forum aynan Oʻzbekiston va Xitoy mintaqalari oʻrtasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, taʼlim tizimida ilgʻor texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda yoshlarni zamonaviy bilim va koʻnikmalar bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.

 

Oʻzbekiston va Xitoy OTM lari oʻrtasida hamkorlik bitimlari imzolandi

 

Forumda soʻzga chiqqan Xitoy Xalq Respublikasi Shensi provinsiyasi gubernatori Chao Gang Xitoy va Oʻzbekiston qadimdan Buyuk Ipak yoʻli orqali doʻstona munosabatlar oʻrnatib kelayotgani, keyingi yillarda ikki davlat taʼlim, ilm-fan sohasida ham hamkorlik bitimlari oʻrnatayotganini qayd etgan.

 

 

Bu galgi forumda ikki davlat OTM lari oʻrtasida oʻndan ortiq hamkorlik bitimlari imzolangan. Masalan, Samarqand davlat universiteti bilan Sian arxitektura-texnologiya universiteti oʻrtasida madaniyat sohasida hamkorlik va almashinuv toʻgʻrisida memorandum imzolangan.