Tibbiyot yoʻnalishiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 48 ming dollar soʻragan shaxs ushlandi

Tibbiyot yoʻnalishiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 48 ming dollar soʻragan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha 3- bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Departamentning Sergeli tumani boʻlimi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.E. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida goʻyoki qoʻshni Qozogʻiston Respublikasi oliy taʼlim muassasasining 2-bosqichini tugatganligi toʻgʻrisida hujjat rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

 

Bu orqali Toshkent shahridagi nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan biriga tibbiyot yoʻnalishiga 3-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 48 mln soʻm pul talab qilgan.

 

Ushbu pullar hisobidan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.