Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi xorijning nufuzli universitetiga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
Qatarning Georgetown universiteti Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Jahongirbek Abdualimovga taʼlim uchun 100 foizlik grant ajratdi.
Ma’lumot o‘rnida, Jahongirbek Abdualimov IELTS dan 8 ball hamda SAT imtihonidan 1510 ball koʻrsatkichlarini qoʻlga kiritgan edi.
