Respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan malaka sinovlarida pedagoglar yuqori natijalarni qayd etishda davom etmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi telegram sahifasida 30-aprel – 1-may kunlari attestatsiya imtihonlarida qatnashgan biologiya, kimyo va fizika fan o’qituvchilari orasida yuqori natijalarni qayd etganlarning ro’yxatini e’lon qildi.
Ular:
– Yunusobod tumanidagi 273-maktab o’qituvchisi Erkin Tilloyev 96 ball,
– Yangi Namangan tumanidagi “Boborahim Mashrab” xususiy maktabining ikki nafar o‘qituvchilari Jamshidbek Azimov 96 va Muhammadzohir Mutalov 92 ball,
– Yangiqo‘rg’on tumanidagi 34-maktab o‘qituvchisi Nurbek Dedamirzayev 88 ball,
– Bag‘dod tumanidagi 4-maktab o‘qituvchisi O‘ktamjon Yuldoshev 88 ball,
– Rishton tuman ixtisoslashtirilgan maktab o’qituvchisi Sarvarjon Jalilov 86 ball,
– G’allaorol tumaniadagi 88-maktab o‘qituvchisi Azim Abduvohidov 90 ball,
– Nurota tumanidagi 32-maktab oʻqituvchisi Madina Sulaymonova 86 ball,
– Nurota tumanidagi 2-maktab oʻqituvchisi Shohsanam Bozorova 86 ball;
– Nurota tumanidagi 19-maktab oʻqituvchisi Robiya Rahimova 86 ball,
– Guliston shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’qituvchisi Nilufar Boyzoqova 88 ball,
– Marhamat tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’qituvchisi Omadillo Zokirov 96 ball,
– Guliston shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’qituvchisi Mavlyuda Yuldasheva 94 ball,
– Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Zarifjon Mirzajonov 90 ball,
– Chust tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Boburjon Sotivoldiyev 90 ball,
– Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Abduhakim Ashurmatov 88 ball,
– Chortoq tumanidagi 6-maktab o‘qituvchisi Hamidjon Xolmirzayev 88 ball,
– Chust tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Dilfuza Vaqqosova 86 ball,
– Chortoq tumanidagi 40-maktab o‘qituvchisi Zulfiya Sharipova 86 ball,
– Chortoq tumanidagi 48-maktab o‘qituvchisi Maftuna Kamolova 86 ball bilan oliy malaka toifasini himoya qildi.
